Qur’on oyatlari xukmi
Assalomu alaykum! Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi kitobida (Bakara,79) «Kitobni o‘z qo‘li bilan yozib, so‘ngra uni arzon baxoga sotish uchun: “Bu Allohning xuzuridan”, deydiganlarga xalokat bo‘lsin! Ularga qo‘llari bilan yozilgan narsalaridan xalokat bo‘lsin! Ularga topgan foydalaridan xalokat bo‘lsin!
Ushbu oyatni xozirgi folbin va jinkash yana issiq-sovuq kabilarni qiluvchilarga nisbatan(ular xam arzimas pul uchun odamlarim aytdi yoki shu bilan baxtiz ochiladi…kabilarni aytishadi) deb tushunsak xam to‘g‘rimi?
2.(Bakara,85)….Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o‘shandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo‘lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g‘ofil emas.
Ushbu oyatlar bilan bog‘liq voqe’alar bo‘lib o‘tgan(adashmasam) bo‘lsa xam, Qur’on qiyomatgacha kuchini yo‘qotmaydi. Ba’zi odamlar umuman yo‘q narsani Qur’onda bor deb gapiraverishadi. Masalan, 40 yoshga kirgan erkakning yonida bolta ko‘tara oladigan farzandi bo‘lishi kerakmish(bilishimcha bu noto‘g‘ri) yoki bor narsani yo‘q deb, kim borib ko‘ribdi(agar oxirat ishidan gapirilsa) kabi gaplarni aytishadi. Shu kabi insonlar xam shu xukmga to‘g‘ri keladimi? Fikrlarim noto‘g‘ri bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ularning qilayotgan ishlari nojoizligi aniq, lekin unga tushirib bo‘lmaydi. 2). To‘g‘ri keladi. Ular ham iymon keltirish farz bo‘lgan oxiratni inkor qilsalar kofir bo‘ladilar. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 10:36 | Савол-жавоблар | 204 | Qur’oni karim