Yaxshilikka qanday chaqiray?

Assalomu alaykum! Men  oila a’zolarim, do‘stlarim umuman yaqin bo‘lgan odamlarni qanday qilib yaxshikka chaqiray? Misol uchun akam qizlar bilan gaplashayotganini, otam televizorda keraksiz narsalarni ko‘rishlari, onam telefonda g‘iybat qilishlarini ko‘rib unday qilmanglar deb qo‘limdan kelgancha tushuntirishga harakat qilaman. Qayta-qayta takidlaganim sari gaplarimning ahamiyatliligi yo‘qolyapti. Eng qizig‘i balkim ulardan yoshligim uchun balkim boshqadir «bu gunoh, harom» deganimda jahli chiqib, dindan bezillaganday bo‘lishadi. Hayotimda ko‘p sezganmangki eng chiroyli, qayta-qayta takidlangan so‘zlardan ko‘ra amal bilan ibrat bo‘lish ancha sermahsulroq. Lekin juda ko‘p vaqt kerak bunga. Ustozlar maslahatingizga muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘ylabsiz, ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Albatta men muallim qilib jo‘natildim” deganlar. U zotning yo‘lidan yurmoqchi bo‘lgan kishi har bir narsani maktabga yangi kirgan o‘quvchiga qilingan muomalani qilishi va uning ustida sabr qilishi kerak bo‘ladi. Ko‘proq ularni qilgan yaxshi amallarini maqtash kerak. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 10:58 | Савол-жавоблар | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar