Yolg‘on kitobidan

Assalomu alaykum! “Yolgon” kitobida “Yolg‘on so‘z ro‘zaning savobini butunlay ketkizadi deb yozilgan ekan. Ammo fiqhga ko‘ra ro‘za qabul bo‘lishi uchun taom va farjni tiysa shuni o‘zi kifoya qiladi. Kazzob ro‘zador xoslarning darajasiga chiqolmasligini tushundim, Lekin fiqhga ko‘ra bo‘ynidan ro‘za soqit bo‘ladi. Kazzobning ro‘zasi xoslarniki kabi savobi ko‘p bo‘lmasa ham ozroq savob berilishi kerak emasmi? Xos ro‘za maqomi qanday qilib avom ro‘zasiga ta’sir o‘tkazib hamma savobni yuvib tashlaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fiqh shartlari topilgan yoki topilmaganligiga hukm chiqaradi. Allohning nazdida maqbul bo‘lishi yoki savobi oz yoki ko‘p bo‘lishi g‘aybga taalluqli bo‘lib, Alloh taoloning oyati yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari orqali bilinadi. Xuddi shu kabi qon oluvchi va oldiruvchining ro‘zasi haqida ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ularning  ro‘zasi ochiladi” degan bo‘lsalar faqihlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa bir hadislarini ochilmasligiga dalil qilganlar. Birinchi hadisni esa ro‘za ro‘za bo‘lsada savobi kam va mukammal tarzda ado qilinmagan ro‘za bo‘lishiga yo‘yganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nazarlari g‘aybga ham zohirga ham bo‘lgan. Faqihlarniki esa faqat zohirga bo‘ladi. Namozning safini tekiz, to‘g‘ri va jips qilish hanafiy mazhabida vojib amal hisoblanadi. Farz, sunnat degan mazhablar ham bor. Bir safda turib, tekiz turganlari vojibga amal qilgan hisoblanadilar. O‘sha safda turib oldinga yoki orqaga chiqib ketgan yoki yonboshida ochiq joy qoldirgan kishi esa vojibni tark qilgani uchun makruhi tahrimiyga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Faqihlarning nazdida uning namozi namoz bo‘lsada, safni to‘g‘ri tutganlarning namozidagi savobga nisbatan safda tekis turmaganing savobi er bilan osmoncha farq qiladi. Shuning uchun ro‘za tutib yolg‘on gapirib harom ishni qilgan odam bilan harom ishni qilmagan odamning ro‘zasida er bilan osmoncha farq bo‘lishi tabiiydir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 11:31 | Савол-жавоблар | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar