Xalqimiz tarbiyasiga ta’siri

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, qilayotgan xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin, Zikr axlidan so‘rang kanaldagi savol javoblarni muntazam o‘qib ko‘p narsa o‘rganaman. Bu savolni berishdan maqsad yaqinda bir savol o‘qib qoldim va menda yana savol tug‘ildi. Chet elni kinosini qo‘yishdan maqsad nima? Masalan Ishani deyishadi. Bu Hindiston kinosida xaykalga sig‘inadi, ayollar yarim yalang‘och yurarkan. O‘zimku bu kinoni ko‘rmayman, lekin oila a’zolarim, ukalarim va dadam ko‘rshadi. Men ko‘p tushintiraman, bu kino o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Musurmonlar idorasidan chiqqan jurnallar, “Hilol nashr”dan chiqan “Tafsiri Hilol” va “Hadis va Hayot” kitoblarni o‘qitaman. Eng achinarlisi bu kinoni telvidniya orqali qo‘yiladi. Bu axir misonerlikka o‘xshab qolmayaptimikan?! Chunki bunaqa savol ikkinchi bor berilyapti. Bir singlimiz ham “jiyanim shunaqa kino ko‘rib xaykalga sig‘inishiga taqlid qilyapti” deb savol bergandi. Bunaqa kinolar tarbiyaga jidiy ta’sir o‘tqazmaydimi? Kichiklarimizku mayli hatto katalar ham ochiq-oydin qo‘llariga Ishanini naqshi deb narsalar chizdirmoqdalar. Buni oldini olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular bolalarimiz dinimiz, ma’naviyatimiz va milliyligimizdan yuz o‘girishlari uchun shunday kinolarni qo‘yishadi. Duo qilib turing, zora dinimiz va milliyligimizga targ‘ib qiluvchi kinolar yoki axloq, odob va diyonatga chaqiruvchi filmlar ham qo‘yilib qolsa.  Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 11:31 | Савол-жавоблар | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar