Masjiddagi holatlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalo noo‘rin savollarim uchun uzr so‘rayman. Men yaqinda ibodat qilishni boshlagan edim, men ishlayotganligim uchun ertalabki bomdod va kechki xufton nomozlarini jamoat bilan o‘qish uchun masjidga boraman. Jamoat nomoziga borganimda ba’zi bir holatlarni ko‘rib nima qilishni bilmay qolyapman, ularga biror narsa deyish mumkin emasligini bilamanu bunday xolatlarda o‘zimni kanday tushni bilmayapman: Masalan: men ko‘pincha jamoat nomoziga azon chaqirishdan ilgari borib zikr va salovotlarni o‘qib o‘tiraman. Shunda ba’zi nomozxonlar sajda qiladigan joyga oyog‘ini uzatib o‘tirganini, bir birlari bilan baland ovozda gaplashayotganligini, yoshi mendan ancha katta yoshdagilar imom qiroat qilayotganida ovozini chiqarib «Omin» deyishlarini, chig‘anog‘ini joy nomozga qo‘yib nomoz o‘qiyotganligini ko‘raman. Men nomozni o‘qib bo‘linganidan keyin tashqariga chiqqanida tushintirish haqida o‘ylaymanu, lekin men ularga nisabatan yosh bo‘lsam, ular katta yoshdagi bo‘lsa gapirsam meni jirkib berarmikan deb o‘ylab qolyaman. Men ularga ularni bu kamchiliklarini ayta olmaganimga men gunohga botmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ularga gapirmang. Juda ham gapirgingiz kelsa ko‘chadagi benamozlarga nasihat qiling. Siz aytgan narsalar masjid odobiga zidligi to‘g‘ri, shunday bo‘lsada ularni masjidda ekanligidan quvonishimiz kerak. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 11:42 | Савол-жавоблар | 160 | Ibodatlar