Qurbonlikka qo‘y olishga mablag‘imiz yo‘q

Assalomu alaykum! Ustozlar, nisob uch xil bo‘lishini yozibsizlar. Biz zakot berish vojib bo‘lganlar toifasiga emas, olish joiz emaslar toifasiga kirar ekanmiz. Chunki o‘zimiz turgan uydan tashqari 8 sotixli bog‘imiz bor. Lekin boshqa hech qanday o‘suvchi molimiz yo‘q. Hamma oylikka ishlaydi, maoshimiz uchma-uch etadi. Televizor va singlim uchun qilgan seplarimiz bor, ammo ular nari borsa 5.000.000 so‘m chiqadi. Bizga ham qurbonlik qilish vojib bo‘lsa qarz olib qilishimiz kerakmi? Chunki qo‘y olishga mablag‘imiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bog‘ kimning mulki hisoblansa o‘sha kishiga qurbonlik vojib bo‘ladi. Naqd puli yo‘q bo‘lsa qarz olib qiladi. Alloh taolo boshingiz va molingizga barakaotlar ato qilsin. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 12:04 | Савол-жавоблар | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar