Keksa yoshda qilingan gunohlar

Assalomu alaykum! Bir tanishim aytdiki odam 80 yoshdan keyin qilgan gunoxlari kechiriladi dedi. Men ahli xushi joyida bo‘lib qilgan gunohini bilsa kechirilmaydi desam yo‘q dedi? Qanday bo‘ladi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عن أَبى مُوسَى الْأَشْعَرِيِّ رضي الله عنه : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ( إِنَّ مِنْ إِجْلَالِ اللَّهِ : إِكْرَامَ ذِي الشَّيْبَةِ الْمُسْلِمِ ، وَحَامِلِ الْقُرْآنِ غَيْرِ الْغَالِي فِيهِ وَالْجَافِي عَنْهُ ، وَإِكْرَامَ ذِي السُّلْطَانِ الْمُقْسِطِ رواه أبو داود
Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Soqoliga oq tushgan musulmonni, Qur’on haqida haddidan oshmay, unga amal qilgan, tilovatida bardavom bo‘lgan qorini va adolat qiluvchi sultonni ikrom qilish Alloh taoloni ikrom qilishdir” dedilar. Abu Dovud rivoyati.Ushbu hadisda soqoliga oq tushgan musulmonning qadri Alloh taoloning nazdida qanchalar uluh ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bu albatta yoshligidan Allohning toatida o‘sib-ulg‘aygan yoki ulg‘ayganda bo‘lsa ham tavbaga qattiq kirishgan keksalarga tegishlidir. Bu izzat ikrom Allohning nazdida eng mo‘tabar sanalgan oppoq soqolni qirib, o‘sha yoshga etsa ham zino, aroq, faxsh ishlardan tiyilmaydiganlarga aloqasi yo‘q.عن أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:  ثَلَاثَةٌ لَا يُكَلِّمُهُمْ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَلَا يُزَكِّيهِمْ، وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ، وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ، شَيْخٌ زَانٍ، وَمَلِكٌ كَذَّابٌ، وَعَائِلٌ مُسْتَكْبِرٌ رواه مسلم 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qiyomat kuni Alloh taolo uch toifa insonga gapirmaydi, ularni poklamaydi va ularga rahmat nazari bilan qaramaydi ham va ular uchun alamli azob bordir. 1-zinokor keksa. 2-yolg‘onchi sulton. 3-mutakabbir kambag‘al” dedilar.Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:10 | Савол-жавоблар | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar