Tasavvur qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir rus yigit mendan “nimaga sizlarda ikona yo‘q, sen ibodat qilasan Xudoni qanday tasavvur qilasan, payg‘ambaringizni rasmi yo‘q, ko‘rinishi qanaqa” deb savol berdi. Men “sen qanday tasavvur qilasan” dedim. U menga “bizda ikona bor Isus Xristos bizning Xudoyimiz qanday ko‘rinishini bilamiz” dedi. Men u Xudomas Alloh bir va xar bir o‘zini mo‘min hisoblagan bandani qalbida bo‘ladi, payg‘ambarlarni ko‘rinishini Islomda chizish mumkin emas dedim va unga “sen qanday isbotlab berasan Isus Xristos xuddi shunday ko‘rinishda ekanligini” deb savol berdim. U jim bo‘lib qoldi. Men unga to‘g‘ri aytdimmi? Aslida mana shunaqa tortishuvlar ko‘p bo‘ladi qanday javob berishim kerak? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh insonni xayoliga keltirilgan tasvirdan ham pok Zotdir. Alloh taolo osmonu arshni yaratmasdan oldin ham bor edi, hozir ham shundaydir. Siz Zokir Nayk degan kishining boshqa dindagilar bilan qilgan suhbatlarini ko‘ring. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 177 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar