Erning haqqi

Assalomu alaykum! Fotima onamiz eri Ali roziyallohu anhuni ranjitib qo‘yib, uzr so‘raganlari va hazrati Ali oxiri kulib yuborgan ekanlar. Fotima onamiz bu gapni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganlarida “Agar eringizdan uzr so‘ramasdan o‘lib ketganingizda sizga janoza o‘qimasdim” degan ekanlar. Bu hadis sahihmi? Erini ranjitish ayol kishi uchun shu darajada og‘irmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erni ranjitish shu darajada og‘ir. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Allohdan o‘zgaga sajda qilish yo‘q. Mabodo kimdir birortasiga sajda qilishi joiz bo‘lganida erlarning ayollarni ustida haqqlari ulkanligidan ayollarni erlariga sajda qilishga buyurar edim” deganlar. Fuqaholar ota-onani ismi bilan chaqirib, “falonchi dada, falonchi ona” deyish joiz bo‘lmaganidek ayol kishiga erining ismini aytib chaqirish ham joiz emas – deganlar. Siz keltirgan hadis sahih emas. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:43 | Савол-жавоблар | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar