Namozimni boshqatdan o‘qiymanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Rossiyada yurgan paytlarimda ba’zida junub bo‘lsam, sovuqda sharoit yo‘qligidan, ba’zida o‘ylab tahorat qilib namozimni o‘qib olardim. Shu ishim to‘g‘rimi?
2. Bir yilcha qiblani aniqlashga harakat qilmasdan bizdagidek, qibla kun botar tarafda bo‘lsa kerak deb namozimni o‘qib yurdim. Keyin bilsam ishtihod qilish kerak ekan. Qiblani aniqlab o‘qidim. Endi shu ikki holatdagi namozlarimni qaytadan o‘qishim kerakmi? Duo qilinglar ustozlar iltimos Alloh ilm yo‘lini menga oson qilsin. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytadan o‘qish kerak. Chunki farzlar topilmagan. Agar o‘zingiz aytgandek tang holatda bo‘lsangiz janobatga tayammum qilib olish kerak edi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:09 | Савол-жавоблар | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar