Pul evaziga ibodat

Assalomu alaykum! Singlimga qancha aytsak ham namoz o‘qimasdi. Alloh nasib qilib turmush qurgach namozxon bo‘ldi. Kuyovimiz ham namoz o‘qiyapti. Men singlimga “agar ro‘molda yursang har oy shuncha pul beraman” desam bo‘ladimi? Agar u xo‘p desa Alloh aytgani uchun emas pul uchun qilgan bo‘lmaydimi? Singlim haqida duo qiling. Alloh unga haqni bildirib amal qilishni nasib qilsin. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Hujjatul Islom Abu Homid G‘azzoliy rahmatullohi alayhning tarjima holida : “Biz otadan yosh etim qoldik, u vaqtlarda madrasada o‘quvchilarga bepul yotoq va taom berilar edi. Omon qolish maqsadida ukam ikkimiz shu madrasaga o‘qishga kirdik. Alloh taolodan boshqani o‘ylab ilm olishga kirishdik. Ilm bunga rozi bo‘lmadi. Oxiri oqibat ilm Alloh uchun bo‘lib ketdi” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:10 | Савол-жавоблар | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar