Uy hayvoni

Assalomu alaykum! Ukam juda ham jonivor va qushlar boqishni yaxshi ko‘radi. Ularga doimo qarab yuradi, lekin negadir  1 oy o‘tmastan ular vafot etadi. Hamma kelgan balolar shunga ursin deyishadiku xalqimizda. Bizning uyda shunaqalar ko‘pmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boqishni bilmasa ham vafot etishini baloga yo‘ymaslik kerak. Chunki xalq orasidagi bu gapning asli noto‘g‘ri gapdir. Agar ahvol bunday bo‘ladigan bo‘lsa, ukangiz qaytib boqmasin. عَنْ جَابِرٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: انْكَسَفَتِ الشَّمْسُ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَسَاقَ حَدِيثًا طَوِيلًا إِلَى أَنْ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: مَا مِنْ شَيْءٍ تُوعَدُونَهُ إِلَّا قَدْ رَأَيْتُهُ فِي صَلَاتِي هَذِهِ، لَقَدْ جِيءَ بِالنَّارِ وَذَلِكُمْ حِينَ رَأَيْتُمُونِي تَأَخَّرْتُ مَخَافَةَ أَنْ يُصِيبَنِي مِنْ لَفْحِهَا، وَحَتَّى رَأَيْتُ فِيهَا صَاحِبَ الْمِحْجَنِ يَجُرُّ قُصْبَهُ فِي النَّارِ كَانَ يَسْرِقُ الْحَاجَّ بِمِحْجَنِهِ، فَإِنْ فُطِنَ لَهُ قَالَ: إِنَّمَا تَعَلَّقَ بِمِحْجَنِي، وَإِنْ غُفِلَ عَنْهُ ذَهَبَ بِهِ، وَحَتَّى رَأَيْتُ فِيهَا صَاحِبَةَ الْهِرَّةِ الَّتِي رَبَطَتْهَا فَلَمْ تُطْعِمْهَا وَلَمْ تَدَعْهَا تَأْكُلُ مِنْ خَشَاشِ الْأَرْضِ حَتَّى مَاتَتْ جُوعًا، ثُمَّ جِيءَ بِالْجَنَّةِ وَذَلِكُمْ حِينَ رَأَيْتُمُونِي تَقَدَّمْتُ حَتَّى قُمْتُ فِي مَقَامِي، وَلَقَدْ مَدَدْتُ يَدِي وَأَنَا أُرِيدُ أَنْ أَتَنَاوَلَ مِنْ ثَمَرِهَا لِتَنْظُرُوا إِلَيْهِ، ثُمَّ بَدَا لِي أَنْ لَا أَفْعَلَ، فَمَا مِنْ شَيْءٍ تُوعَدُونَهُ إِلَّا قَدْ رَأَيْتُهُ فِي صَلَاتِي هَذِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida quyosh tutildi», deb turib, uzun hadis keltirganlar va jumladan, shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizga va’da qilingan nimaiki narsa bo‘lsa, hammasini ushbu namozimda ko‘rdim. Batahqiq, do‘zax keltirildi. Ana o‘sha, olovi menga tegmasin, deb orqaga tisarilganimni ko‘rganingizdir. Hattoki unda ilmoqli aso egasini ham ko‘rdim. Do‘zaxda ichaklarini sudrab yuribdi. U ilmoqli asosi bilan hojilarning (narsasini) o‘g‘irlar edi. Agar bilinib qolsa, «Ilmoqli asoyimga ilinib qolibdi», der edi. Agar g‘ofil qolinsa, olib ketar edi. Unda hattoki mushuk sohibasini ham ko‘rdim. U ayol mushukni bog‘lab qo‘yib, to o‘lgunicha unga taom ham bermagan, erdagi hasharatlardan eyishi uchun qo‘yib ham yubormagan edi. So‘ngra jannat keltirildi. Bu narsa mening oldinga yurganimni ko‘rganingizda bo‘ldi. O‘z maqomimda turdim, qo‘limni cho‘zib, uni ko‘rishingiz uchun mevasidan olmoqchi bo‘ldim. So‘ngra menga buni qilmaslik zohir bo‘ldi. Bas, sizga nimaiki va’da qilingan bo‘lsa, hammasini ushbu namozimda ko‘rdim», dedilar». Muslim va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Avvalgi hadisdagiga qo‘shimcha ravishda ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bu dunyodalik vaqtlarida oxiratda bo‘lishi va’da qilingan hamma narsalar ko‘rsatilganligi. 2. Arzimagan narsani ham o‘g‘irlash juda yomon narsa ekanligi. Chunki egri asoning uchi bilan ko‘p narsa o‘g‘irlash mumkin emas. Lekin o‘sha egri aso bilan o‘g‘rilik qilgan odamning do‘zaxda ichaklari sudralib yurishi oson narsa emas. Shuning uchun birovning haqqidan nihoyatda qo‘rqish lozim. 3. Hayvonlarni azoblash harom ekanligi, bu ishning do‘zaxga tushishga sabab bo‘lishi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:11 | Савол-жавоблар | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar