Farzand ko‘rishni xohlamayman
Assalomu alaykum! Meni savolim quyidagicha xotinimdan qattiq ko‘nglim qolgan. Uni ham menga ko‘ngli yo‘qdek sezilayapti. Shu ahvolida ham xotinim farzand ko‘rishni xohlayapti, meni esa xohishim yo‘q. Bitta qiz farzandimiz bor. Unga buni qanday sha’riy yo‘l bilan tushuntirsam bo‘ladi? ya’ni undan farzand ko‘rgim kelmayotganini? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ko‘ngilni bir chetga surib, oilani mustahkamlashga, ortingizdan qolib xatm Qur’onlar qiluvchi, namozlarida Alloh taolodan mag‘firat so‘rovchi, qariganingizda xizmatingizda bo‘lib, sizni ham ularni ham jannatga kirishingizga sababchi bo‘luvchi farzandlar ko‘rib, tarbiyalashga harakat qiling. عَنِ الْهَجَنَّعِ بْنِ قَيْسٍ ، قَالَ : قَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : وَاللَّهِ إِنِّي لأُكْرِهُ نَفْسِي عَلَى الْجِمَاعِ رَجَاءَ أَنْ يُخْرِجَ اللَّهُ مِنِّى نَسَمَةً تُسَبِّحُ . أخرجه البيهقي في "السنن الكبرى" Hajanna’ ibn Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Umar ibn Xattob roziyallohu anhu : “Allohga qasamki, men Alloh mening pusht kamarimdan Allohga tasbeh aytadigan zurriyod chiqararmikan – degan umidda o‘zimni yaqinlik qilishga majbur qilaman” deganlar". (Bayhaqiy rivoyati “Sunanul kubro”). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:12 | Савол-жавоблар | 145 | Oila va turmush