Bexosdan bo‘ldi

Assalomu alaykum! Tor ko‘chada mashinada ketayotgan edim. Shu vaqt  oldimdan qo‘y podasi chiqdi. Podachi yo‘q edi. Men podani o‘tib ketishin kutib turdim. Poda o‘tib ketgandan keyin yura boshladim. Ammo bitta kuy utmasdan mashinam ostida kolib ketgan ekan, men bundan bexabar yura boshladim. Ozgina yurgandan sung yul chetida turgan odam meni tuxtatib kuy bosib utganimni aytdi. Mashinadan tushib karasam kuyni xakikatdan xam bosgan ekanma va kon chikan ekan. Shu atrofdagi odam kuyni kallasini pichok bilan kesib tashladi. Men kuyni egasini kutim lekin kelmadi. Shundan sung bir tanishimga tayinlab kuyni egasi kelsa menga xabar berishin tayinlab ketim. Tanishim xam egasini kutib kelmaganidan keyin ketgan. Men bunday xolatda nima kilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egasini topib rozi qilishingiz shart. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:17 | Савол-жавоблар | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar