Ro‘za qazosi

Assalomu alaykum! 1). O‘tar ro‘za bo‘lgan kishi kafforatni lozim qilmaydigan ro‘zani buzuvchi amalni qasddan qilib qo‘yganda, qazoni tutish borasida faqat o‘sha kun qazosi tutiladimi yoki unga ulanib ketgan ro‘za ham qazo hisoblanadimi?
2). Kafforati lozim bo‘lmagan holatda ramazon ro‘zasi buzilgan inson iftor vaqtigacha eb-ichmasdan kutish kerak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Buzuvchi amalni qilgan kunning ro‘zasini qayta tutish vojib bo‘ladi. Ulangan kunniki tutilmaydi. 2). Ro‘zani ochib yana eb-ichishda davom etaverish, gunohni qilib beodoblikda davom etish hisoblanadi. Ochishga zarurat bo‘lsa maxfiy holatda bo‘lishi kerak. عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ ، قَالَ : " مَنْ لا يَسْتَحْيِ مِنَ النَّاسِ ، لا يَسْتِحْيِ مِنَ اللَّهِ Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kim insonlardan hayo qilmasa, Allohdan hayo qilmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:19 | Савол-жавоблар | 133 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar