Foizga uy olganman

Assalomu alaykum! Men shariatda ruxsat etilmaganligini bilsamda bir necha yil oldin bankdan foizga pul olib o‘zimni pulimga qo‘shib uy olganman. Allaqachon pulni to‘lab bo‘lganman. Endi tavba qildim. O‘sha uy mening ortiqcha mulkim hisoblanadi. Tavbam haqiqiy bo‘lishi uchun uyni sotib foizga olingan pulni muhtojlarga tarqatishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish shart emas. عَنْ أَنَسٍ  رضي الله عنه  أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: َللهُ أَشَدُّ فَرَحًا بِتَوْبَةِ عَبْدِهِ حِينَ يَتُوبُ إِلَيْهِ مِنْ أَحَدِكُمْ كَانَ عَلَى رَاحِلَتِهِ بِأَرْضِ فَلَاةٍ فَانْفَلَتَتْ مِنْهُ، وَعَلَيْهَا طَعَامُهُ وَشَرَابُهُ، فَأَيِسَ مِنْهَا فَأَتَى شَجَرَةً فَاضْطَجَعَ فِي ظِلِّهَا قَدْ أَيِسَ مِنْ رَاحِلَتِهِ، فَبَيْنَا هُوَ كَذَلِكَ إِذَا هُوَ بِهَا قَائِمَةً عِنْدَهُ فَأَخَذَ بِخِطَامِهَا ثُمَّ قَالَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ: اللَّهُمَّ أَنْتَ عَبْدِي وَأَنَا رَبُّكَ، أَخْطَأَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ. رَوَاهُ الشّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Alloh taolo bandasi tavba qilganida biringizning ulovi ustida sharobi va taomi bilan kimsasiz biyobonda qochib ketsa, undan umidini uzib, bir daraxtning tagiga borib, soyasida yotganda, ulovidan umidi batamom uzilib bo‘lganida, ana shu holatdaligida qarasa, u (ulov) oldiga kelib turgan bo‘lsa, jilovidan tutib, o‘ta xursand bo‘lib ketib, «Allohim! Sen bandamsan! Men Robbingman!» deb yuborganidan ham ko‘ra ko‘proq xursand bo‘ladi. U xursandchilikning shiddatidan xato qilgan edi», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Banda tavba qilganida Alloh taolo nihoyatda xursand bo‘lar ekan. Bu xursandlikning cheki bo‘lmas ekan. Sahroda ustiga taomi va sharobi ortilgan ulovi yo‘qolib qolgan odam tamoman umidini uzib, taqdirga tan berib yotibdi. Boshini ko‘tarib qarasaki, yo‘qolgan ulovi oldida turibdi. Qattiq xursand bo‘lganidan «Allohim! Sen Robbimsan! Men bandangman!» deyish o‘rniga «Allohim! Sen bandamsan! Men Robbingman!» deb yuborar ekan. Banda tavba qilgan chog‘dagi Alloh taoloning xursandligi esa ana shu odamning xursandligidan ham kuchliroq bo‘lar ekan. Shuning uchun har bir banda tavbaga shoshilmog‘i lozim. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ تُوبُوا إِلَى اللهِ، فَإِنِّي أَتُوبُ فِي الْيَوْمِ إِلَيْهِ مِائَةَ مَرَّةٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar! Albatta, men har kuni Unga yuz marta tavba qilurman», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:22 | Савол-жавоблар | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar