Farzand kechikishi
Assalomu alaykum! Hozirda boshqa yurtda musofirchilikdamiz. Turmush qurganimizga 4 yil bo‘ldi. Farzand bo‘lishi kechiksa, eri “san harakat qimisan, parvoyinga kemidi” desa. Homila bo‘gan vaqti (tushish havfi bo‘sayam) “oldingilar ishlab tuqqan, ishga borasan” desa. Qanday yo‘l tutsa bo‘ladi? Iltimos maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er ayolni tashqarida ishlashga majbur qilishi noto‘g‘ridir. Agar ayol erning topganiga qanoat qilayotgan bo‘lsa, uni ishlashga majburlamaslik kerak. Alloh taolo “Niso” surasi 34-oyatida marhamat qiladi: «Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar». Demak, oila rahbarligi bobida Alloh erkakni ayoldan afzal qilib yaratibdi. Darhaqiqat, erkak kishi o‘zining jismoniy tuzilishi, ichki va tashqi qiyofasi, asabiy, ruhiy, nafsoniy va boshqa jihatlaridan oila rahbari bo‘lishga mos qilib yaratilgan. Buning ustiga, oila qurish va uni tutib turish, bu yo‘ldagi barcha sarf-xarajatlar ham erkak kishi zimmasida. U katta mehnat evaziga topilgan molu mulkining behuda ketmasligi lozimligini o‘ylaydi, oilani mustahkam holda tutib turishning chora-tadbirlarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lgan va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etgan oilalar baxt-saodatga sohib bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatmaga yurmagan oilalar esa baxtsizlikka uchramoqda, shunday oilalardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo‘lmoqda. Bu erda gapni cho‘zib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Ammo musulmon jamiyatlarda ham ba’zan bu umumiy qoida buzilganini ko‘ramiz. Erkak rahbar bo‘lgan oilada ham noqulayliklar yuzaga kelib turadi. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, odamlarning, xususan, o‘zini musulmon hisoblayotganlarning aybi bilandir. Afsuski, ko‘plar oyati karimada ko‘zda tutilgan rahbarlikni qahr, jabr va zulm o‘tkazishning imkoni deb tushunadilar. Aslida bu rahbarlik mas’uliyatdir. Mas’uliyat bo‘lganda ham, ulkan mas’uliyatdir. Ushbu mas’uliyatga binoan, erkak kishi oilaning, jumladan, ayolning homiyligini, boquvchiligini, muhofazasini ado etmog‘i lozim.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:24 | Савол-жавоблар | 172 | Oila va turmush