Ro‘zadorning uyqusida tishi qonasa
Assalomu alaykum! Savolimga javob yozganingiz uchun rahmat, ammo savolimdagi bir jihatga e’tibor berishingizni so‘rardim, «Qattiq charchash tufayli uxlab qolganimda, tishim qonab, qonning ma’lum qismi ichimga ketib qoladi. Qattiq uyquda bo‘lganim uchun buni sezmayman». Iltimos, ushbu holatga chuqurroq izoh bersangiz, ro‘zador uyg‘oq holatida halqumga qon ketib qolsa ro‘za buziladi? Ammo uyqu holatida inson o‘zini boshqara olmaydiku? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bilan ro‘za ochiladi. Uxlamasangiz bu holat sodir bo‘lmasa, uxlamaslikka harakat qiling. Agar uxlab qolsangizu shu holat ro‘y bersa, ro‘zaning qazosini tuting. Ro‘zangiz ochilgani uchun sizga gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:34 | Савол-жавоблар | 128 | Dolzarb savollar