Ramzon ro‘zasi

Assalomu alaykum! Men har yil mehnat ta’tilimni ramazon oyiga to‘g‘rilab olar edim. Lekin shu yil buning aslo imkoni bo‘lmadi. Men baxona qidirish maqsadida emas, balki ro‘zamni ochib qo‘yishdan xavotirlanib sizlarga murojaat qilyapman. O‘ylaymanki bu savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Shuning uchun bu savolimga to‘liqroq javob berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ehtimol tufayli ro‘zani tark qilishga ruxsat yo‘q. Avvalo ro‘zani tutib ish boshlanadi. Mabodo oxirigi etkaza olmaslik holati paydo bo‘lsa, ro‘zani ochib yuboriladi va bir kuniga bir kundan ro‘za tutib beriladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:38 | Савол-жавоблар | 125 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar