Qudsiy hadislar
Assalomu alaykum! Hadisiy qudsiy deb qaysi hadislarga aytiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning “Mustalahul Hadis” kitobini olib o‘qisangiz, hadis ilmi haqida batafsil bilib olasiz. HADISI QUDSIY Hadisi qudsiyning ta’rifi: Lug‘atda «qudsiy» so‘zi «al–qudus» kalimasiga nisbat berilgan bo‘lib, «pokiza» ma’nosini bildiradi. Bu ma’no Feruzobodiyning «Al–Qomus» nomli kitobida aytilgan. Alloh taoloning zoti qudusiyasiga nisbat berilgan hadis «Hadisi qudsiy» deb ataladi. Hadis ulamolari istilohida: «Bizga Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan va Alloh taologa isnod berilgan hadis «Hadisi qudsiy» deyiladi». Hadisi qudsiy bilan Qur’on orasidagi farq Hadisi qudsiy bilan Qur’on orasida bir necha farqlar bo‘lib, ulardan eng mashhurlari quyidagilardir: 1. Qur’oni Karimning lafzi va ma’nosi Alloh tarafidandir. Hadisi qudsiyning ma’nosi Alloh tarafidan, lafzi esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam tarafidandir. 2. Qur’on tilovati bilan ibodat qilinadi, ammo hadisi qudsiyni tilovat qilib, ibodat qilinmaydi. Ya’ni, hadisi qudsiy ibodatda tilovat qilinmaydi. 3. Qur’on faqatgina mutavotir yo‘l bilangina sobit bo‘ladi. Hadisi qudsiyning sobit bo‘lishi uchun xabar mutavotir bo‘lishi shart qilinmagan. Hadisi qudsiylarning soni Hadisi qudsiylarning soni Nabaviy hadislarga nisbatan ko‘p emas. Ular ikki yuz atrofidadir. Hadisi qudsiylarga misol: مَا رَوَاهُ مُسْلِمٌ فِي صَحِيحِهِ عَنْ أَبِي ذَرٍّ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم ، فِيمَا رَوَى عَنِ اللهِ تَبَارَكَ وَتَعَالَى أَنَّهُ قَالَ: «يَا عِبَادِي إِنِّي حَرَّمْتُ الظُّلْمَ عَلَى نَفْسِي، وَجَعَلْتُهُ بَيْنَكُمْ مُحَرَّمًا فَلاَ تَظَالَمُوا...». Imom Muslim o‘z «Sahih» kitoblarida Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, U zot o‘z Robbilaridan rivoyat qilib aytadilar:«Alloh: «Ey, bandalarim, O‘zimga O‘zim zulmni harom qildim va sizning orangizda ham harom qildim. Bas, bir–biringizga zulm qilmanglar...» – dedi». Mana shu hadisi qudsiy bo‘lib, bu hadisi qudsiyda kelgan ma’no Alloh taolo tarafidandir. Alloh taolo bu ma’noni vahiy orqali Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qalblariga solgan. U kishi ushbu ma’noni o‘z iboralari bilan ta’bir qilganlar, nutq qilganlar. Hadisi qudsiyning rivoyat qilinish siyg‘alari Hadisi qudsiyni rivoyat qilishning ikki siyg‘asi bor. Roviy ulardan qaysi birini xohlasa, shunisini ishlatadi: 1. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z Robbilaridan rivoyat qilib aytadilar», deb, so‘ng hadis matni aytiladi. 2. «Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam U zotdan qilgan rivoyatda aytadi», deb, so‘ng matn bayon qilinadi. (“Mustalahul Hadis” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:35 | Савол-жавоблар | 243 | Hadislar