Hikmati qanday?

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis keltirilganda yoki aytilayotganda ko‘pincha «deganlar» emas, «dedilar» so‘zi ishlatiladi. O‘zbek tilida odatda «dedilar» fe’li o‘tgan zamonda va aytayotgan shaxs bevosita guvoh bo‘lgan yoki eshitgan voqe’liklarni ifodalashda qo‘llaniladi. Hadislarda bu fe’lning odatiy qo‘llanilishining hikmati nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “dedilar” so‘zi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadisni bevosita eshitgan roviyning so‘zi bo‘lgani uchun shunday tarjima qilinadi. Bu o‘rinda roviy siz aytganingizdek bevosita tinglovchidir. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:42 | Савол-жавоблар | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar