Qarzdorlik xakida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarzdor odamga janoza o‘qimaganlar deb eshitgan edim. Shu qanchalik rost? Firibgar odam bo‘ynida katta qarz bilan vofot etsa, guvoxlari bo‘lsa ukasi yoki otasidan haqini so‘rasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَا يُصَلِّي عَلَى رَجُلٍ مَاتَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ، فَأُتِيَ بِمَيِّتٍ، فَقَالَ: «أَعَلَيْهِ دَيْنٌ؟» قَالُوا: نَعَمْ دِينَارَانِ، قَالَ: «صَلُّوا عَلَى صَاحِبِكُمْ، قَالَ أَبُو قَتَادَةَ: هُمَا عَلَيَّ يَا رَسُولَ اللهِ، فَصَلَّى عَلَيْهِ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَلَمَّا فَتَحَ اللهُ عَلَى رَسُولِهِ قَالَ: «أَنَا أَوْلَى بِكُلِّ مُؤْمِنٍ مِنْ نَفْسِهِ، فَمَنْ تَرَكَ دَيْنًا فَعَلَيَّ قَضَاؤُهُ، وَمَنْ تَرَكَ مَالًا فَلِوَرَثَتِهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zimmasida qarzi bo‘la turib o‘lgan odamga janoza namozi o‘qimas edilar. Bir mayyit olib kelindi. Bas, u zot: «Uning zimmasida qarz bormi?» dedilar. «Ha, ikki dinor», deyishdi. «Sohibingizga o‘zingiz janoza o‘qing», dedilar. «O‘sha ikki dinor mening zimmamga, ey Allohning Rasuli», dedi Abu Qatoda. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam u(mayyit)ga janoza o‘qidilar. Alloh O‘z Rasuliga fath ato qilganidan keyin: «Men har bir mo‘min uchun uning o‘zidan ham yaqinman. Kim qarz qoldirsa, uni ado etish mening zimmamda. Kim mol tark qilsa, merosxo‘rlariga», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Bu hadisi sharif zimmasida qarzi bo‘laturib o‘lish o‘ziga yarasha muomala talab qilishini ko‘rsatadi. Ushbu hadisga amal qilgan holda, hozirda ham har bir mayyitga janoza namozi o‘qishdan oldin uning qarzi bor-yo‘qligi so‘raladi. Uning qarzlarini yaqin kishilardan biri o‘z zimmasiga olganidan keyingina janoza namozi o‘qiladi. Shariat hukmi bo‘yicha biror mayyitning qarzini o‘z zimmasiga oladigan kishi topilmasa, uning qarzi xazinadan uziladi. Xazina bo‘lmagan joylarda mazkur qarz shu erlik musulmonlarning zakotidan ado etilishi mumkin. Ammo bugungi kunimizda bu shar’iy hukmni ham o‘z foydasiga o‘zicha talqin qiladiganlar topildi. Ba’zi odamlar oqibatini o‘ylamay, katta miqdorda qarz olishni o‘zlariga ep ko‘rmoqdalar. Biladigan kishilar ularga qarzni uzishni ham o‘ylash kerakligini eslatsalar, «Janozamizda qarzimizni birorta odam o‘z zimmasiga olsa, qutulib ketamiz», degan gapni aytmoqdalar. Lekin asl haqiqat ularning xom xayollaridagi kabi emas. Mayyitning qarzini birov zimmasiga olsa, janoza o‘qiladi. Ammo bu o‘sha mayyit qarzdan tamoman qutuldi, degani emas. (“Qarz” kitobidan). Vallohu a’lam! 2). https://savollar.islom.uz/savol/103186
28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 160 | Dolzarb savollar