Ro‘zador ayol tirnog‘ini bo‘yashi

Assalomu alaykum! Ro‘zador ayol qiz tirnog‘ini bo‘yasa bo‘ladimi? Ya’ni tirnoq bo‘yogi bilan (lak). Menga dugonam aytishi bo‘yicha ro‘zador odam tirnog‘ini bo‘yasa ro‘zasi o‘tmaydi. Shu savolga iltimos oydinlik kiritsangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zador bo‘lmagan holatda ham tirnoqlariga lak qo‘yish joiz emas. Mabodo lak qo‘ygan holatda g‘usl vojib bo‘lsa, qilgan g‘usli qusl bo‘lmaydi. Unday inson janobatdan, hayz ko‘rgan bo‘lsa hayzdan pok bo‘lmaydi. Shu holatda davom etaversa, undan farishtalar ketib, jinlar ilashishni boshlaydi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:46 | Савол-жавоблар | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar