Ramazonda Yosin surasini o‘qish
Assalomu alaykum! Bir internet sahifasida «Ramazon kunlarida har kuni alohida niyat bilan Yosin surasi o‘qiladi» deyilgan. Masalan, birinchi kun — Allohning rizoligi uchun. Ikkinchi kun — Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ruhlari uchun va yana qolgan bir qancha kunlarda o‘tgan sahobalarning ruhlari va boshqa ko‘p yaxshi niyatlarda ham o‘qilar ekan. Izlash xizmatidan topa olmadim. O‘zim bu to‘g‘risidagi hadislarga ham duch kelmadim. Bu bid’at emasmikan deb o‘ylab qoldim. Bu borada biror bir hadislar kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni karim tilovat qilish ulkan savob, lekin ayni siz aytgan gaplar hadislarda kelmagan. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:00 | Савол-жавоблар | 141 | Qur’oni karim