Imom al-Buxoriy

Assalomu alaykum! imom al-Buxoriyning hayotini oqib turib bir narsaga tushunmadim u erda «Allohim! Batahqiq, er yuzi barcha narsasi ila menga tor bo‘lib qoldi. Meni O‘zinga ol» deb yozilgan ekan. Shu rostmi? Agar rost bo‘lsa islomda qaytarilgan o‘ziga o‘zi o‘lim so‘rashlik bo‘lib qolmaydimi? Ilmim ozlik qilib bunday ulug‘ zotga hurmatsizlik qilgan bo‘lsam Alloh kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ ثَوْبَانَ ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، كَانَ يَقُولُ : " اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الطَّيِّبَاتِ ، وَتَرْكَ الْمُنْكَرَاتِ ، وَحُبَّ الْمَسَاكِينَ ، وَأَنْ تَتُوبَ عَلِيَّ ، وَإِذَا أَرَدْتَ بِعَبَادِكَ فِتْنَةً ، فَاقْبِضْنِي إِلَيْكَ غَيْرَ مَفْتُونٍ " Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Allohim, sendan pokiza(solih amallar)ni va munkar ishlarni tark qilishni, miskinlarga muhabbat va tavbamni qabul qilishingni, bandalaringa fitnani iroda qilganingda fitnaga mubtalo bo‘lmasimdan vafot toptirishingni so‘rayman” der edilar". Ibn Asokir “Dimashq tarixi” kitobi. Imom Buxoriy Hazratlari umrlarining oxirida qattiq fitnaga qolgan edilar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:00 | Савол-жавоблар | 150 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar