Bir hadis tafsiri

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Men “Hadis va Hayot” 20-juzining 2785-hadisidan (424-bet) iqtibos keltiraman:
«Meni Musodan afzal ko‘rmanglar. Odamlar hushlaridan ketadilar. Shunda birinchi o‘ziga kelgan men bo‘laman. Qarasam, Muso Arshning bir tomonini ushlab turgan bo‘ladi. U ham hushidan ketib, mendan oldin o‘ziga kelganmi yoki Alloh istisno qilganlardan bo‘lganmi, bilmayman», dedilar.
Shu hadisning ushbu jumlasiga tushunmadim. Iltimos sharhlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ya’ni Muso alayhissalom xushlaridan ketmagan bo‘lishlari ham mumkin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:02 | Савол-жавоблар | 167 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar