Farz namozining 3-4 rak’atida
Assalomu alaykum! Men kecha bir birodarimizdan eshitib qoldim. Hanafiy mazhabi ulamolari farz namozining 3-4 rak’atida hech narsa o‘qimay 3 tasbeh miqdorida turib, ruku’ga ketilaverishiga ruxsat berishgan ekan. Lekin men bunday holni birinchi marta eshitdim. Shu kungacha 3-4 rak’atga “Fotiha” surasini o‘zini o‘qiladi deb o‘rganganman va shunday qilib kelaman. Men eshitgan gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Fotiha” surasini o‘qish afzal. Siz keltirgan ruxsat, Hazrati Ali va Ibn Mas’ud roziyallohu anhumolardan rivoyat qilingan bo‘lib, Musannaf ibn Abi Shayba kitoblarida keltirilgan. Shuningdek “Hidoya” kabi fiqh kitoblarda ham zikr qilingan. O‘qish afzal, o‘qimaslik ruxsat. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:03 | Савол-жавоблар | 145 | Ibodatlar