Jannat tatiydimi?
Assalomu alaykum! Ota-onasi jannatda bo‘lib, farzandi yoki aka-ukasi do‘zaxda bo‘lsa, ularga jannatda yurish tatiydimi? Kitoblarda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kundagi holat bu dunyodagi kabi bo‘lmaydi. Alloh taolo “Hud” surasida marhamat qiladi : وَنَادَى نُوحٌ رَّبَّهُ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ابُنِي مِنْ أَهْلِي وَإِنَّ وَعْدَكَ الْحَقُّ وَأَنتَ أَحْكَمُ الْحَاكِمِينَ 45. Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, o‘g‘lim ahlimdandir, albatta, va’dang haqdir va Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan», – dedi. Ya’ni bu bilan Nuh alayhissalom «Robbim, Sen menga «Ahlingni qutqaraman», deb va’da bergan eding, o‘g‘lim ahlimdan-ku, o‘sha bolamni menga bergin, O‘zing hikmat ila hukm chiqaruvchi Zotsan», demoqchilar. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu nidolariga quyidagicha javob berdi: قَالَ يَا نُوحُ إِنَّهُ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ إِنَّهُ عَمَلٌ غَيْرُ صَالِحٍ فَلاَ تَسْأَلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنِّي أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ 46. U Zot: «Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. Mendan o‘zingning ilming bo‘lmagan narsani so‘ramagin. Men senga johillardan bo‘lmasligingni nasihat qilaman», – dedi. Ushbu oyatda Alloh taolo ulug‘ haqiqatni – kishilar orasidagi haqiqiy bog‘liqlik rishtasi qon, irq, nasl bilan emas, balki iymon bilan ekanini bayon qilmoqda. U Zot Nuh alayhissalomga xitob qilib: «Ey Nuh, albatta, u ahlingdan emas», – demoqda. Ya’ni «U o‘g‘ling sening sulbingdan bo‘lgani, jigargo‘shang ekani bilan, ahling emas. Chunki: «Albatta, u yaxshi amal emasdir». Ya’ni «Uning qilgan ishi yaxshi emas. U kofirlik qildi. U kofirligi bilan sening ahlingdan bo‘la olmaydi. Iymoni borlar sening ahling bo‘ladi. «Mendan o‘zingning ilming bo‘lmagan narsani so‘ramagin». O‘g‘lingni «Ahlimdan» deb, qutqarishni so‘raganingdek. «Men senga johillardan bo‘lmasligingni nasihat qilaman», – dedi». Bilmagan narsalaringni so‘rayverib, johillar qatoriga qo‘shilib qolmagin, deyman. Misol uchun, yuqoridagi savoling bilan insonlar orasidagi haqiqiy aloqa iymon aloqasi ekanidan, ahl deganda kimni e’tiborga olish kerakligidan, Alloh O‘z va’dasini qanday bajarganidan bexabarga – johilga o‘xshab ko‘rinyapsan. Holbuki, Alloh iymonli qalblar o‘rtasidagi rishtani har qanday aloqadan ustun qo‘yadi, ahl, deganda, iymonli ahlni ko‘zda tutadi. Ahlingni qutqarishga va’da bergan bo‘lsa, senga haqiqiy ahl bo‘lganlarni to‘fon balosidan xalos etib qo‘ydi. Nuh alayhissalom shoshilib, Allohdan panoh so‘radi. قَالَ رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْأَلَكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَإِلاَّ تَغْفِرْ لِي وَتَرْحَمْنِي أَكُن مِّنَ الْخَاسِرِينَ 47. U: «Robbim, men o‘zimning ilmim bo‘lmagan narsani Sendan so‘ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm ko‘rsatmasang, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman», – dedi. O‘zini bilgan odam uchun bir og‘iz gap kifoya qiladi. Nuh alayhissalom kerakli xulosani chiqarib oldilar. Endi yuqoridagiga o‘xshash savollarni bermaslikka qaror qildilar. Hamda Alloh taolodan mag‘firat va rahmat so‘radilar. “Abasa” surasida : يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ 34. u Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir… 35. va onasi va otasidan… 36. va xotini va bola-chaqasidan. Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi. Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi. كُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ 37. U Kunda ulardan har bir kishini ovora qiluvchi o‘z ishi bor. Ha, qiyomat kunining dahshati shunchalik kuchliki, har bir odam, kim bo‘lishidan qat’i nazar, faqat o‘zinigina o‘ylab qoladi. Aka-uka ham, ota-ona ham, bola-chaqayu, er yoki xotin ham yodga kelmay qoladi. Hamma o‘zini o‘ylab, bir-biridan qochadi. Demak, o‘shandoq kunda sharmanda bo‘lib qolmaslik uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rib borish kerak. Chunki ushbu biz yashab turgan besh kunlik dunyo oxiratning ekinzoridir. Har kim ekkanini o‘radi. Bu dunyoda iymon-e’tiqod bilan, ibodatu solih amal bilan o‘tganlar u dunyoda baxt-saodatga erishadilar. Bu dunyoda kofir bo‘lib, fisqu fujur bilan o‘tganlar esa og‘ir ahvolda qoladilar. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 176 | Dolzarb savollar