Juma namozi sunnati

Assalomu alaykum! Juma namozidan oldingi va keyingi 4 rak’atli sunnat namozi haqida to‘liq ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juma namozining farzidan oldin ham, keyin ham to‘rt rak’at sunnat borligiga dalil: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا صَلَّيْتُمْ بَعْدَ الْجُمُعَةِ فَصَلُّوا أَرْبَعًا». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon jumadan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsangiz, to‘rt rak’at o‘qing», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. وَرُوِيَ عَنْ عَبْدِ اللهِ  رضي الله عنه أَنَّهُ كَانَ يُصَلِّي قَبْلَ الْجُمُعَةِ أَرْبَعًا وَبَعْدَهَا أَرْبَعًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ «Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u kishi jumadan oldin to‘rt rak’at, jumadan keyin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar». Termiziy rivoyat qilgan.("Kifoya" kitobidan). عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: من كان منكم مصليا بعد الجمعة فليصل أربعا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Birortangiz jumadan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsa, to‘rt rak’at o‘qisin», dedilar". Muslim rivoyati. Abu Hanifa rahmatullohi alayh, shogirdlari va shuningdek boshqa mazhab sohiblari ham, jumadan oldin va keyin sunnat namozlar o‘qilishiga ittifoq qilganlar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:05 | Савол-жавоблар | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar