Duodan so‘ng
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Agar savolim o‘rinsiz bo‘lsa uzr so‘rayman. Hojatimni chin qalbdan va ixlos bilan Allohdan so‘raganimdan so‘ng qalbim qanday holda bo‘lishi kerak:
1-Xotirjam bo‘lib, ijobat bo‘lishligiga aniq ishongan holdami yoki qo‘rquv va umid holidami?
2-Agar ijobat bo‘lsa Allohni marhamati deya, ijobat bo‘lmasa gunohlarim tufayli deb e’tiqod qilsa bo‘ladimi?
Savolim o‘rinsiz bo‘lsa uzr yana bir bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! DUO Alloh taolo bandalarining qilgan duolari yaxshi amaldir. Dunyoda qayta-qayta bir shaxsdan kichik-kichik narsalar so‘ralaversa, u qancha saxovatli bo‘lmasin oxir borib, norozi bo‘ladi. Lekin Alloh taolodan banda qancha ko‘p so‘rasa, U shuncha un(banda)dan xursand bo‘ladi. عَن أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ لَمْ يَسْأَلْ اللَّهَ يَغْضَبْ عَلَيْهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Alloh taolodan so‘ramasa, U Zot unga g‘azab qiladi”, dedilar”. Duo maqsadni hosil qilish vositasigina emas, balki u bir mustaqil ibodatdir. Bu xoh o‘zi uchun bo‘lsin, xoh dunyoviy maqsad uchun bo‘lsin u ham ibodat hisoblanadi va unga savob etadi. Qancha ko‘p duo qilsa, shuncha Alloh taolo bilan aloqasi ziyoda bo‘lib boradi. Faqat mashaqqat yoki qiyinchilik vaqtda duo qilish zarur emas. Balki, xursand va mamnun vaqtlarda ham duo qilish lozimdir. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال : قال رسولُ اللّه صلى اللّه عليه وسلم : " مَنْ سَرَّهُ أنْ يَسْتَجِيبَ اللَّهُ تَعالى لَهُ عنْدَ الشَّدَائِدِ وَالكُرَبِ فَلْيُكْثِرِ الدُّعاءَ في الرَّخاءِ" Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimni qiyinchilik va g‘am-g‘ussalar paytida Alloh uni ijobat qilishi masrur qilsa, oroyish paytida duoni ko‘paytirsin”, dedilar”. عَنْ النعمان بن بشير رضي الله عنهما أن رسولَ الله صلى الله عليه وسلم قال: «الدعاء هو العبادة» ثم قرأ {وقال ربُّكمُ ادْعُونِي أسْتَجِبْ لَكُمْ ، إنَّ الّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عن عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ} [غافر:الآية 60] أخرجه الترمذي Nu’mon ibn Bashiyr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhim vasallam: “Duo ibodatdir”, dedilar va “Robbingiz: “Menga duo qiling sizni ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimda kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar”ni qiroat qildilar” (Termiziy rivoyati). Alloh taolo Qur’oni karimda va’da qiladi: “Menga duo qiling sizga ijobat qilurman” (G‘ofir 60 oyat). Alloh taoloning bu va’dasida xato bo‘lishi mumkin emas. Shu bois chin dildan duo qilish lozim va u albatta maqbul bo‘ladi. Duolarning qabul bo‘lish surati turli xildir. Ba’zi vaqtlarda o‘sha so‘ragan narsasi beriladi. Va ba’zi vaqtlarda u narsa Alloh taoloning ilmida banda uchun munosib yoki foyda beruvchi bo‘lmaydi. Bas, Alloh taolo undan yaxshi va foydali narsani dunyo yoki oxiratda ato qiladi. Shu tarzda har duoning uch foydasi bor: 1. Duo qabul bo‘lishi bilan murod hosil bo‘ladi; 2. Har duoga savob etadi; 3. Duo qancha ko‘p qilinsa, shuncha Alloh taolo bilan aloqa ortib boradi. Duo qiluvchining odobiga qiblaga yuzlanish, qo‘lni ko‘tarish, til bilan qilish va eng birinchi hamdu sano va durudu sharif o‘qish kirsada, agar uni o‘rni bo‘lmasa, bas usiz ham duo qilish joizdir. Shuning uchun Alloh taolo duoni shunday oson qildiki, taqriban har vaqt va har joyda yurib, aylanib va ishlab turib ham so‘rash mumkin bo‘ladi. Agar til bilan so‘rash o‘rni bo‘lmasa (masalan, hojatxonada yoki boshqa joyda), bas qalbdan so‘rash ham mumkin bo‘ladi. Duoda katta-katta narsalarni so‘rash zarur emas, balki o‘zining katta, kichik hojatlarini Alloh taolodan so‘rashi lozim. Bu shu darajadaki, hadislarda kelishicha, oyoq kiyimning tasmasi uzilsa ham, bas Alloh taolodan so‘ranglar (Termiziy). Shu bois bu gapni odatga aylantirish lozimki, qachon juda kichik hojatga ro‘baro‘ kelsa, uni Alloh taolodan so‘rasin. Arzimagan biror mashaqqat bo‘lsa, uni ketkazishni ham Alloh taolodan so‘raladi. Shu tarzdaki, bolaga qachon bir muammo ro‘baro‘ kelsa yoki biror kichik mashaqqat etsa, u o‘z onasini chaqirgani kabi insonga ham biror tashvish kelsa, Alloh taoloni chaqirishi lozim bo‘ladi. Aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib va har vaqt kichikdan kichik narsalarni Alloh taolodan so‘rashni odatga aylantirsa, Alloh xohlasa juda tez taraqqiy topadi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:06 | Савол-жавоблар | 154 | Duolar