Do‘ppi haqida

Asalomu alekum! Men chet davlatda ishlayapman. Ishxonamizda kichkina masjid bo‘lib, bu erda turli mazhabdagilar namoz o‘qishadi. Ya’ni kimni vaqti bo‘lganda namozini o‘qib chiqadi. Chunki jamoat bo‘lib o‘qishga ko‘pincha fursat yo‘q. Ba’zilar bosh kiyimsiz ham namoz o‘qishaveradi. Men o‘zim uchun masjidga do‘ppi qo‘yib qo‘yganman. Qachon kirsam o‘zim do‘ppimni kiyib o‘qiyman. Bir marta boshqa bir odam do‘ppimni kiyib o‘qiyotganini ko‘rdim. Savol: Do‘ppimni boshqa odam kiysa yomon tomoni yo‘qmi? Boshqa odam birovni bosh kiyimini kiyishi-kiymasligi shariatimizda bormi? Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yomon tarafi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:06 | Савол-жавоблар | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar