Musofirning

Assalomu alaykum! Qishloqda yashayman. Men shaxarga davo olgan uchun tushgan edim. Qishloqdan to shaxargacha 54km men balnisaga 11 kun yotib 5 vaqt namozni masjidga to‘liq o‘qiganman, masjid balnisaning yoniga bo‘lib masofasi (240 metr 3 min yo‘l) edi. Men 11 kun namozlarni to‘liq o‘qigan edim. 1) Men shu erda musofir edimmi? Shuni bilmayman, lekin qishloqdagilardan so‘radim aytilarki sen musofir emas san namozlarni to‘liq o‘qiysan dedi, shu to‘g‘rimi? Men keyin namozlarni 11 kun to‘liq o‘qidim. 2) Qishlokdan to shaxargacha 54 km bo‘lsa biz musofir xisoblanamizmi va mening 11 kun masjidda o‘qigan namozlarim to‘g‘rimi? 3) Musofirning aniq masofasi necha (km)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz o‘sha shaharda muqimsiz. Namozlarni to‘liq o‘qiysiz.2). Musofir hisoblanmaysiz. Agar namozlarni qasr qilib o‘qimagan bo‘lsangiz barchasi durust.3). 89 km. Vallohu a’lam!

22 Июн 2022, 15:22 | Савол-жавоблар | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar