Namozdagi muhim masala

Assalomu alaykum! Meni namoz to‘g‘risidagi savolga bergan javobingiz juda xayratlantirib qo‘ydi. Shuning uchun savol bermoqchiman. Javobda:
“Sizga kichik bir misol keltiramiz. “Subhana robbiyal az(ظ)iym” kalimasini o‘zbek tilidagi “az(ز,ذ)iym”dek talaffuz qilsangiz “Eng buyuk Zot” ma’nosi “Ashaddiy dushman” ma’nosiga o‘zgaradi. “Fotiha” surasidagi “Hamdu sano maqtovlar” ma’nosini ifoda qiluvchi “Alh(ح)amdu” kalimasidagi “H(ح)” “Alh(ه)amdu”ga o‘zgartirilsa, “Zaiflik, nochorlik, o‘chib qolish, qurib qolish, (kiyimga nisbatan) yirtilish, vafot topish, halok bo‘lish” ma’nolariga o‘zgarib ketadi. Shuning uchun arab tilidagi harflarni tanishning o‘zi kifoya qilmaydi” deb yozilgan.
Savolim: bizdek tajvid qoidalarini to‘liq bilmaydigan, faqat 4 ta oxirgi zam suralar bilan namoz o‘qib yurganlarga, yuqoridagi javobga o‘xshash, yana biz bilmaydigan muhim va nozik, namozdagi tajvidni buzadigan holatlar bo‘lsa hammasini keltirib o‘tsangizlar. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Duo qilib turinglar bu to‘g‘risida maqola qilinmoqda. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:07 | Савол-жавоблар | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar