Ovqat paytidagi salom

Assalomu alaykum! Ovqatlanayotgan insonga salom bersa bo‘ladimi? Ovqatlanayotgan kishi bunga javob qaytarishichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ovqatlanayotgan insonga salom berilmaydi. Imom Navaviy “Taom eyayotgan kishiga salom berilmaydi. Luqmasi og‘zida bo‘lgan kishiga salom bersa, salomning javobiga haqli bo‘lmaydi. Dasturxon ustida bo‘lib, taomlanmay o‘tirgan kishilarga salom berish joiz. Ularga ham alik olish vojib bo‘ladi” deganlar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:10 | Савол-жавоблар | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar