Otaning o‘g‘ildagi mas’uliyati

Assalomu alaykum! Ota o‘g‘lini necha yoshgacha “namozingni o‘qi” deb majburlabshi kerak? Ota imkoni boricha farzandini namozga undasayu, farzand itoat etmasa, ota nima qilishi kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Toha” surasi 132-oyatida marhamat qiladi: وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَّحْنُ نَرْزُقُكَ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَى Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat esa taqvonikidir. Musulmonning birinchi burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir. Bu ishda namoz muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ahlingni, oila a’zolaringni namoz o‘qishga buyur. O‘zing ham sabr ila namozda bardavom bo‘l va ahlingni namozga undashda davom et. Alloh sendan boshqa narsani so‘ramaydi. «Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz». O‘sha bergan rizqimizga shukr qilib, namoz o‘qi va namozga buyur. «Oqibat esa taqvonikidir». Yaxshi oqibatga sazovor bo‘lish taqvoga bog‘liqdir.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:10 | Савол-жавоблар | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar