Namoz o‘qimagan odam
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir kishi yaxshi ishlar qiladi, ichmaydi, chekmaydi, hammani hurmat qiladi, lekin namoz o‘qimaydi. Shunday odam jannatga kiradimi? “qanday qilib shunday yaxshi ishlarni qilgan odam namoz o‘qimasa” deb xayron bo‘lishingiz mumkin, ha bor ekan shunday odam. Namoz o‘qiydi, borib yana gunoh ishlarni qiladi, o‘qigan namozi befoyda deb aytadi. Shunga dinimiz nima deydi? Agar savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishining qilgan ishi ham, gapirgan gapi ham noto‘g‘ri. Din shunday mukammalki uning har bir amali o‘ziga yarasha bir olamdir. Namoz dinning ustunidir, uni qoim qilmagan inson o‘sha ustunni qulatgan inson hisoblanadi. Namoz o‘qib turib gunoh qilish ham yaxshi emas. Bu erda namozni o‘qimaslikka emas, balki namozni ham o‘qib, gunohni tark qilishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:12 | Савол-жавоблар | 157 | Ibodatlar