Yosh bolalar o‘yinchoqlari
Assalomu alaykum! 4 farzandlarim bor. Uyimizda o‘yinchoqlar ko‘p, shularni orasida ko‘zi bor o‘yinchoqlar ham bor. Hadisdan bilishimizcha ko‘z va tirik jonzotlar surati bor joyga farishtalar kirmas ekan. Shu borada o‘yinchoqlar hukm qanday? Namoz va ibodatlarimiz qabul bo‘lishi uchun qanday qilish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular ham hadisdagi hukmning ostiga kiradi. Namozxonning kiyimida, sajdagohida va orqa hamda ostidan boshqa taraflarida hayvon surati bo‘lishi makruhdir. Bu holatlarda namozning makruh bo‘lishi suratga cho‘qinadiganlarning ibodatiga o‘xshab qolishidandir. Shuning uchun ham surat xorlanadigan joyda, namozxonning oyog‘i ostida va o‘tiradigan joyida bo‘lsa, makruh emas. Namozxonning orqasidagi suratning ham zarari yo‘q. Jumlada «hayvon surati» deyilishidan jonsiz narsalarning surati bo‘lsa, zarar qilmasligi anglashiladi.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:19 | Савол-жавоблар | 136 | Ibodatlar