Mevalarda chegirma
Assalomu alaykum! Go‘sht mahsulotlarda chegirma masalasini o‘qib chiqdim. Shunday masala ko‘pincha ho‘l mevalarda ham kuzatiladi. Chet davlatlariga olib chiqilayotgan mevalardan, hususan Rossiya mamlakatiga, dehqon-fermerlardan ham shunday chegirma so‘rashadi. Sabab qilib esa, yo‘lda meva o‘zining asl vaznini yo‘qotishini aytishadi. Shu holatda ham sudxo‘rlik alomati yuzaga kelishi mumkinmi? Oldindan rahmat. Xalqimiz manfaati uchun doyim sog‘ va salomat bo‘linglar. Sizlardek xalqimizga beminnat xizmat qiladiganlar ko‘paysin. Sizlarni o‘z ortlaridan qoldirgan Shayx Hazratlarining ham oxiratlari obod bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuqoridagi holatda ham sudxo‘rlik alomati yuzaga keladi. Shuningdek “har bir yashigiga falonchadan chiqarib yuboramiz” deb tahminan ma’lum bir miqdorda chiqarib yuborish ham, evazsiz narsa olish hukmida bo‘ladi va ularning barchasi shar’an harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:21 | Савол-жавоблар | 140 | Moliya va tijorat