Toshkent do‘ppi
Assalomu alaykum! Ustozlar, Toshkent do‘ppi bahmaldan bo‘lar ekan. Bahmalda esa ipak bo‘lar ekan. Ana shu do‘ppini kiyish mumkinmi? Uzr, agar savolim noto‘g‘ri bo‘lsa. Imomlarda ham shunday do‘ppini ko‘rgan edim. Demak, kiysa bo‘lsa kerak deb yurgan edim!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oz miqdorda bo‘lsa joiz. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ: إِنَّمَا نَهَى رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم عَنِ الثَّوْبِ الْمُصْمَتِ مِنَ الْحَرِيرِ، فَأَمَّا الْعَلَمُ مِنَ الْحَرِيرِ، وَسُدَى الثَّوْبِ، فَلَا بَأْسَ بِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sof ipakdan bo‘lgan kiyimdan qaytarganlar, xolos. Ammo belgi uchun yoki uzun arqoq uchun ipak ishlatilgan bo‘lsa, hech gap emas».Abu Dovud va Hokim rivoyat qilishgan. Bu rivoyatdan esa kiyimlik mato to‘qish paytida uzun tarafiga ishlatiladigan arqoqning ba’zisi ipakdan qilinsa joizligi kelib chiqmoqda. Chunki bunda ishlatiladigan ipakning miqdori juda ham oz bo‘ladi. Ammo ko‘ndalangiga ishlatib bo‘lmaydi, chunki u holda ipak ko‘payib ketadi.("Kifoya" kitobidan). Arqoq – deb, to‘qishda uzunasiga tortilgan iplarni aytaladi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:21 | Савол-жавоблар | 140 | Halol va harom