Biz to‘g‘ri ish qildikmi?

Assalomu alaykum! Bu savolni do‘stimning iltmosiga ko‘ra berayapman. Izlash xizmatidan topolmadik. Shuning uchun takroran bo‘lsa oldindan uzr so‘raymiz. Bizda kafe (umumiy ovqatlanadigan joy) bor.
Bizdan mijozlar ko‘p talab qilgani uchun, biz hozirgi zamonaviy “wi-fi” o‘rnatib, mijozlarga internetdan foydalanish uchun ishlatib qo‘yganmiz. Lekin bir shubha paydo bo‘lib qoldi. Biz shu internetga ulanish jarayonida bizga tanishlar ““JISMONIY ShAXS”ga ulansa, to‘rt barobar arzonga tushadi “YuRIDIK ShAXS»niki qimmat” deb maslahat berishdi. Shunda biz ishxonamiz oldidagi uy egasi bilan kelishib, u uy egasi nomiga telefon tushirib, o‘sha nomerga internet tushirib, o‘zimizga sim tortib oldik. Biz bunday qilganimizni u internet tarmog‘i boshliqlari bilishmaydi. Shu ishimizni shar’iy hukmi qanday? Biz to‘g‘ri ish qilyapmizmi? Axir “YuRIDIK ShAXS” qilib telefon va internet ulatsak juda qimmat bo‘lib ketadi. Savolim uzun bulgani uchun uzr. Lekin bu savol hozir ko‘p musulmonlarni o‘ylantirib yurgan savol bo‘lishi mumkin. Alloh hammamizdan O‘zi rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu holatda yolg‘on bormi? عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله صلى الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq, hotirjamlik. Kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman". Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:25 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar