Kitoblar xususida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uyimizda shaxsiy kutubxonamiz bo‘lib, unda turli xil soxaga oid adabiyotlar mavjud. Albatta diniy adabiyotlar ham bor. Men shu kitoblarni jovonga joylashda biror qoidaga amal qilishim lozimmi? Aytmoqchi bo‘lganim tafsir, aqiyda, hadis, fiqh va hokazo kitoblarini qanday ketma-ketlikda joylashtirishim kerak? Savolim noo‘rin yoki takroriy bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’on, tafsir, hadis, aqyida va fiqh. Albatta bu ustma-ust qo‘ygandagi tartib. Agar yonboshlatib terilganida esa ixtiyor o‘zingizda. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:28 | Савол-жавоблар | 146 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar