Ayol kishi vafot etganidan so‘ng
Assalomu alaykum! Ustozlar, ayol kishi vafot etganidan so‘ng, turmush o‘rtog‘i ayolini yoniga kirishi va qabrga qo‘yishi mumkin emasmi? Iltimos kengroq tushuntirib bersangizlar. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishi vafot topishi bilan erga nomahram bo‘ladi. Yuzi, kafti va qadamidan boshqa joylariga qarashi joiz emas. Qabrga qo‘yishda esa hech qanday karohiyat yo‘q. Chunki kafanlanganda er bilan ayolning o‘rtasini 3-4 qavatli mato ajratib turadi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni er vafot topib ayoli qolsa, ayol iddaga o‘tiradi va bir jihatdan erning ayoli hukmida bo‘ladi. Iddasi chiqquncha boshqasiga erga tega olmaydi. Shuning uchun ayol erining tirikligidagi qarashi va ushlashi mumkin bo‘lgan joylariga qarashi mumkin. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:28 | Савол-жавоблар | 159 | Dolzarb savollar