O‘tirib o‘qilgan namoz

Assalomu alaykum! Ustozlar, o‘tirib o‘qilgan namozning savobi qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Naflda joiz. Tik turganning yarmi bo‘ladi. عن أنس بن مالك قال قال النبي صلى الله عليه وسلم : صلاة القاعد على مثل نصف صلاة القائم Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “O‘tirib o‘quvchining namozi(ning savobi) tik turib o‘quvchining savobining yarmichadir” dedilar". (Ibn Moja rivoyati). Agar “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘tirib o‘qiganlar” deb niyat qilsa, sunnatning savobidan ham bahraman bo‘ladi. Albatta bularning barchasi nafllarga tegishli. Farz va vojiblarda tik turishga qodir bo‘lib, o‘tirib namoz o‘qish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:29 | Савол-жавоблар | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar