Kafforatni o‘tash

Assalomu alaykum! Bir odam “bir necha kafforat ro‘zasiga bir marta 60 kun ro‘za tutsa bo‘ladi. Kafforatni o‘tayotganda bayram kuniga kelsa, bayram kunida ro‘za tutish makruh bo‘ladi. Shu bois ro‘za tutilmay kafforat uziladi. Agar kaffarot o‘tayotganda Ramazon oyi kelsa, u payt safarga chiqib, safariy bo‘lganligi uchun ramazon oyida ro‘za farz bo‘lmaydi va kaffarotini davom ettiradi” dedi. Bu gaplari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday gaplar bilan o‘zini qiynamasdan ramazon ro‘zasini ham tutsin, ikki haytga ham to‘g‘rilamasin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:29 | Савол-жавоблар | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar