Singlil va aka

Assalomu alaykum! Ustozlar, o‘zim 21 yoshdaman, talabaman. 19 yoshlik singlim bor, u ham talaba. Dadam anchadan buyon xorijda ishlayotganlari va uyda mendan boshqa erkak kishi bo‘lmagani bois, singlim xususida o‘zim ko‘p qayg‘uraman. Biroq singlimning diniy bilimlarga umuman qiziqishi bo‘lmagani bois, ba’zi masalalarda qattiq gapirishimga to‘g‘ri keladi. Ammo so‘nggi paytlarda singlimning mendan ko‘ngli sovib va mendan uzoqlashib borayotganini sezyapman. Unga yomonlik tilamaymanku, lekin u buni tushunmaydi. Qanday qilib uni ozroq bo‘lsa ham to‘g‘ri yo‘lga solish va oramizdagi mehrni saqlab qolish mumkin? Javob uchun oldindan kattakon rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘stona munosabatda bo‘ling.  Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:30 | Савол-жавоблар | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar