Molini ximoya qilayotib
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda bir do‘stim o‘ziga tegishli bo‘lgan narsani o‘g‘rilardan ximoya qilayotib jon berdi. Janozada domla «bir dirxam bo‘lsada molini ximoya qilayotib jon bergan odam shahid bo‘ladi» mazmunida hadis aytdi. Aslida shunday xadis bormi? Bo‘lsa sanadi va roviylarini ko‘rsatib, hadis matnini yuboringlar. Iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: مَنْ قُتِلَ دُونَ مَالِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ، وَمَنْ قُتِلَ دُونَ دَمِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ، وَمَنْ قُتِلَ دُونَ دِينِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ، وَمَنْ قُتِلَ دُونَ أَهْلِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim molini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir. Kim qonini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir. Kim diynini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir. Kim ahlini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir», dedilar».Termiziy va ikki Shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.Sharh: Ushbu hadisda zikr qilingan narsalar Alloh taolo tomonidan har bir insonga berilgan haq-huquq hisoblanadi. Bu haqni poymol qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu haqni poymol qilishga uringan odam kim bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyatchi hisoblanadi. Haq egasi o‘sha jinoyatchiga qarshi turishi mumkin. Agar mobodo qarshilik ko‘rsatish jarayonida haq egasi o‘ldiriladigan bo‘lsa, shahid ketadi.1. «Kim molini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir».Halol yo‘l bilan topilgan molu mulk har bir inson uchun Alloh tomonidan berilgan haqdir. Inson o‘zining bu haqqiga ko‘z olaytirganlardan uni himoya qilishga ham haqlidir. Mabodo inson molu mulkini zolim, bosqinchidan himoya qila turib halok bo‘lsa, shahid ketadi.Bu molu mulk haqqini himoyalash, uni qadrlash Islom diyni tomonidan qanchalik yuqori baholanishini ko‘rsatadi.2. «Kim qonini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir».Alloh taolo tomonidan har bir insonga berilgan hayot haqqi ham muqaddasdir. Unga hech kim ko‘z olaytirishi mumkin emas. Agar kim birovning joniga suiqasd qilsa, jon egasi o‘z jonini himoya qilish haqqiga ega. O‘z jonini himoya qila turib o‘lgan shaxs shahid ketadi.Bu hol esa Islomda insonlar uchun hayot haqqi qanchalar yuqori baholanishini ko‘rsatadi.3. «Kim diynini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir».Diyn-diyonat, vijdon erkinligi haqqi ham Alloh tomonidan insonga berilgan muqaddas haqlardan biridir. Hech kim hech qachon bu haqqa qarshi tajovuz qila olmaydi. Mabodo kimdir tajovuz qilsa, mazkur haq egasi o‘z diynini himoya qiladi. Himoya jarayonida tajovuzkorni o‘ldirsa, javobgar bo‘lmaydi. Agar kishi o‘z diynini himoya qilayotib o‘lsa, shahid bo‘ladi.4. «Kim ahlini himoya qilayotib qatl etilsa, shahiddir».Shuningdek, inson o‘z ahlini himoya qilish haqqiga ham egadir. Chunki u ahli ayolidan, ularning obro‘sini, jonini himoya qilishdan mas’uldir. Kim uning ahliga tajovuzkorlik qilsa, uning o‘ziga tajovuz qilgan bilan barobar bo‘ladi. Ahlini himoya qilib turib o‘lgan shaxs ham shahid ketgan bo‘ladi. Chunki u o‘ziga Alloh tomonidan berilgan haqni himoya qilish jarayonida nohaqdan o‘ldirilgan bo‘ladi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:30 | Савол-жавоблар | 142 | Hadislar