Sajdai sahv vojib bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Bizning masjidimiz imomi xufton namozlarida “Fotiha” surasidan keyin, zam sura oldidan ko‘proq sukut saqlab qolyaptilar. Ya’ni 1 rukn(3ta takbir)dan ko‘p miqdorda. Shunday hollarda sajdai sahv vojib bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar namoz ruknlaridan biror ruknni esdan chiqarib kechiktirsa, sajdai sahv qiladi. Misol uchun namozni boshlab sano duosini o‘qigandan so‘ng qiroatni bir ruknni ado qilish miqdoricha o‘qimay kechiktirsa yoki qiroatni qilib bo‘lib, ruku’ qilishni kechiktirsa, yoyinki birinchi rakatni o‘qib bo‘lib, sajda qilgandan so‘ng ikkinchi rakatga turishni bir rukn ado qilish miqdoricha kechiktirsa va shu kabi ruknlarni kechiktirish sababi bilan sajdai sahv qilinadi. Bir rukn uch tasbeh yoki bir oyat uzun va yo uch oyat qisqa miqdoricha belgilanadi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:31 | Савол-жавоблар | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar