Zam surada tartib buzilsa

Assalomu alaykum! Agar namozdagi zam suralar o‘rni Qur’ondagi ketma-ketlikka rioya qilinmay almashtirib yuborilsa, namoz uchun zarar qilmaydimi? Bu holatda sahv sajda qilish kerakmi? Qanday yo‘l tutish kerak? Izlash xizmatidan topa olmadim. Agar noto‘g‘ri izlagan bo‘lib, qimmatli vaqtingizni zoe qilgan bo‘lsam ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Makruh bo‘ladi. Lekin namozi buzilmaydi va sajdai sahv ham qilish vojib emas. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:31 | Савол-жавоблар | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar