O‘zgalar haqi

Assalomu alaykum! Kamina chet mamlakatidagi bir restoranda ofitsiant bo‘lib ishlagan edim. O‘sha restoranning taomiliga ko‘ra barcha ishchilarga mijozlar bergan choy-chaqalarni tashlanadigan quti bo‘lib, hamma xodimlar berkitmay olgan choy-chaqalarini tashlashi lozim edi. Oy o‘rtasi va oxirida yig‘ilgan choy-chaqalar xodimlar o‘rtasida teng bo‘linar edi. O‘sha kezlarda men «qutiga» emas, cho‘ntakka urib, o‘z hamkasblarim haqini eganimni va bu juda yomon gunoh ekanini kech tushinib etdim. Hozir u erdan bo‘shaganman, lekin qanday yo‘l tutib gunohimni yuvishni bilmay boshim qotgan. Sababi u erda ishlaydigan ko‘pchilik xodimlar men singari ishdan bo‘shab ketishgan. Lekin hali ham ishlayotganlari talaygina. Men o‘sha «qutiga» o‘zim borib ma’lum miqdorda (qancha olganimni eslolmayman) pul qo‘ysam va bunday ishga hech qachon qaytmaslikka tavba qilsam to‘g‘ri ish bo‘ladimi? Javobingiz uchin oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:36 | Савол-жавоблар | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar