Nomahramga qoldirilgan xat

Assalomu alaykum! Masjidda kunda-kun ora sadaqa so‘rab eshik yonida ikkita qiz turadi. Namoz boshlanganidan keyin ular namozxonlarning oyoq kiyimlarini chiroyli qilib, bir qator taxlab chiqishadi. Bu ishni ular har safar qilishadi. Endi shu qizlarga bir yigit sadaqa qilib chiqib ketayotganda, “bu pul sadaqa so‘raganingiz uchun emas, balki mana shu qilgan xizmatingiz uchun” (oyoq kiyimlarni tartibga keltirish) deb qog‘ozga yozib, xat tashlab ketsa bo‘ladimi? Bu holatda xech qanday noshar’iy ish yo‘qmi? O‘rtada hech qanday man etilgan holat yuzaga kelmaydimi? Savoldagi kamchiliklarga uzr. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning holatini so‘rab, surishtirish kerak. Agar haqiqatda yordamga muhtoj bo‘lsa, yordam ko‘rsatish kerak. Agar so‘rashga odatlanib qolib, buni xunar qilib olgan bo‘lsa, berish harom bo‘ladi. Berishlikda ularni haromga jur’atli qilib qo‘yish bordir. Bunda oluvchi ham beruvchi ham gunohda barobar  bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:40 | Савол-жавоблар | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar